Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo'lgan organga kiritilguniga qadar:
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Kelishish uchun yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari (alohida hollarda — ularning birinchi o'rinbosarlari) tomonidan:
qonun hujjatlari loyihalariga — yetti ish kuni ichida;
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida;
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga — besh ish kuni ichida;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida viza qo'yiladi.
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning boshqa muddatlari hamda muayyan davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy ravishda kelishishga doir talablar belgilanishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida»gi qonun
30-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish
(30-модда иккинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.