1. Quyidagilar mulk ob'yektlaridir:
O'zbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o'simlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, mahsulot belgilari, sanoat namunalari, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topologiyasi, selektsiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko'rsatish belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma'naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qog'ozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.
2. Ixtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san'at asarlari, axborot, ilmiy g'oyalar, texnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa ob'yektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish xususidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
3. Tarix va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish O'zbekiston Respublikasining maxsus qonunchiligi bilan belgilab beriladi.
4. Mol-mulkdan xo'jalikda foydalanish natijalari (mahsulot va daromadlar), qonunlar yoki shartnomada boshqa tartib ko'zda tutilmagan bo'lsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
3-modda. Mulkiy huquq ob'yektlari
(3-модданинг 2 ва 3-бандлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.