1. Davlat mulki bo'lgan va mulkdor tomonidan davlat byudjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qo'yilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida bo'ladi.
2. Davlat byudjetida turuvchi va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xo'jalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo'lgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo'ladilar.
3. Davlat muassasasi (tashkiloti) o'z majburiyatlari yuzasidan o'z egaligidagi pul mablag'lari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablag'i yetarli bo'lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo'yicha tegishli mulkning egasi javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki
(26-модданинг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.