«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun

17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki

(17-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 851—XII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 5-сон, 235-модда)

1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy faoliyatga doir buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va xayriya ahamiyatiga ega bo'lgan ob'yektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini ta'minlash uchun zarur bo'lgan pul mablag'lari va boshqa mol-mulk bo'lishi mumkin. Diniy tashkilotlar o'z mablag'iga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo'lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Diniy tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqarida bo'lgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin. O'zbekiston Respublikasida xayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yo'l qo'yiladi. Diniy tashkilotlar ixtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa xayr-ehson qilishni so'rab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar. 2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi xayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.