1. Yuridik shaxs hisoblangan xo'jalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qo'shgan hissasi hisobidan, xo'jalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qo'lga kiritilgan mol-mulkdan hosil bo'ladi.
2. Xo'jalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qo'shgan hissa tarkibiga asosiy va axborot fondlar, pul mablag'lari va qimmatli qog'ozlar, o'zga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, xo'jalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari bo'lishi mumkin.
4. Aktsiyali jamiyat aktsiyalar sotish hisobiga hosil bo'lgan, shuningdek o'z xo'jalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qo'lga kiritilgan mol-mulkning egasidir.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, basharti, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, aktsiya egalari bo'lishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Mulkchilik to'g'risida»gi qonun
14-modda. Xo'jalik jamiyati va shirkatining mulki
(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан 14-модданинг 4-банди учинчи хатбошисининг чиқарилиш санаси 2025 йил 8 май — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.