Ushbu Qonun ma'muriy organlarning manfaatdor shaxslarga nisbatan ma'muriy-huquqiy faoliyatiga, shu jumladan litsenziya, ruxsat berish, ro'yxatdan o'tkazish tartib-taomillariga, davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq boshqa tartib-taomillarga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa ma'muriy-huquqiy faoliyatga nisbatan tatbiq etiladi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda ma'muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarni undirish, davlat xizmatini o'tash, referendumlar, saylovlar o'tkazish, mudofaa, jamoat xavfsizligi va huquq-tartibot sohasida, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergov, jinoiy majburlov choralarini qo'llash bilan bog'liq bo'lgan boshqa faoliyat, sud ishini yuritish, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni yuritish, banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilik ushbu Qonunning qo'llanilish sohasiga kiruvchi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun
3-modda. Ushbu Qonunning qo'llanilish sohasi
(3-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.