«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

23-modda. Ma'muriy ish yuritishda vakillik

(23-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Yuridik shaxslar ma'muriy ish yuritishda qonunchilikda, ta'sis hujjatlarida yoki qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada belgilangan vakolatlari doirasida harakat qiluvchi o'z vakillari orqali ishtirok etadi. Jismoniy shaxslar ma'muriy ish yuritishda bevosita yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi mumkin, bundan qonunchilikda ularning shaxsan ishtirok etishi zarurligi nazarda tutilgan hollar mustasno. Vakilning ishtirok etishi jismoniy shaxsni ma'muriy ish yuritishda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnomada bayon etilishi kerak. Manfaatdor shaxsning vakili ma'muriy ish yuritishga taalluqli barcha harakatlarni o'zi vakillik qilayotgan shaxs nomidan bajarishga vakolatlidir, shuningdek, agar qonunda yoki uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ma'muriy ish yuritishning o'zi vakillik qilayotgan ishtirokchisi ega bo'lgan barcha huquqlardan foydalanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.