«Ma'muriy tartib-taomillar to'g'risida»gi qonun

21-modda. Idoralararo hamkorlik

(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Idoralararo hamkorlik ma'muriy organning ko'maklashish to'g'risidagi so'rovi asosida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bo'ysunuv munosabatlarida bo'lgan ma'muriy organlar o'rtasidagi munosabatlar idoralararo hamkorlik hisoblanmaydi. Ma'muriy organning ko'maklashish to'g'risidagi so'rovi samaraliroq tarzda tegishli yordam ko'rsata oladigan vakolatli ma'muriy organga yo'llanishi kerak. Ma'muriy organning ko'maklashish to'g'risidagi so'roviga javob berilmaganligi ma'muriy ishning hal etilishiga to'sqinlik qilmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.