Sud quyidagi hollarda ish yuritishni to'xtatib turishi shart:
1) mazkur ishni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, fuqarolik ishlari bo'yicha sud, jinoyat ishlari bo'yicha sud, ma'muriy sud yoki iqtisodiy sud tomonidan ko'rilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan, shuningdek tergov harakatlari olib borilayotgan ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar ko'rish mumkin bo'lmaganda;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo'lgan fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yo'l qo'ysa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs bo'lgan fuqaro muomala layoqatini yo'qotganda.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
99-modda. Sudning ish yuritishni to'xtatib turish majburiyati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.