Кодекс об административном судопроизводстве

73-modda. Dalillarga baho berish

(73-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Sud dalillarga ishning barcha holatlarini jamlab, ularni sud majlisida qonunga amal qilgan holda har tomonlama, to'liq va xolis ko'rib chiqishga asoslangan o'z ichki ishonchiga ko'ra baho beradi. Har bir dalil ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan, dalillarning yig'indisi esa, yetarliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozim. Agar tekshirish natijasida dalilning haqiqatga to'g'ri kelishi aniqlansa, u ishonchli deb tan olinadi. Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qo'yilgan kuchga ega emas. Sud tarafning hal qiluv qarorini qabul qilish chog'ida hal qilinadigan, dalillar maqbulligi to'g'risidagi arizasiga bog'lanib qolmaydi. Sud hujjatning yoki boshqa yozma dalilning faqat ko'chirma nusxasi bilan tasdiqlanadigan holatlarni, agar hujjatning asl nusxasi yo'qotilgan hamda sudga topshirilmagan bo'lsa, va ushbu hujjatning nizolashayotgan taraflarning har biri tomonidan taqdim etilgan ko'chirma nusxalari o'zaro bir xil bo'lmasa, va hujjatning asl mazmunini boshqa dalillar yordamida aniqlab bo'lmasa, isbot qilingan deb hisoblashi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.