Ijro varaqasida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
1) ijro varaqasini bergan sudning nomi;
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami;
3) ijro etilishi lozim bo'lgan sud hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, undiruvchining va qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek undiruvchining va qarzdor yuridik shaxsning soliq to'lovchi identifikatsiya raqami;
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati.
Sud hujjatiga asosan beriladigan ijro varaqasi sudyaning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda rasmiylashtiriladi va QR-kod (matritsali shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi. Bunda agar sud hujjatiga asosan berilgan ijro varaqasi O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ijro etilishi lozim bo'lsa yoki undiruvchining iltimosnomasiga ko'ra u sudning muhri va sudyaning imzosi bilan tasdiqlangan holda qog'oz shaklida berilishi (yuborilishi, taqdim etilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
279-modda. Ijro varaqasining mazmuni
(279-модда биринчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.