Кодекс об административном судопроизводстве

266-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish

Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni ko'rish vaqti va joyi to'g'risida ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilangan tartibda xabardor qilinadi. Ish muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni taftish tartibida ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ish taftish tartibida ko'rilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tushuntirishlar berish uchun chaqirtirilishi mumkin. Bu holda ularga ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabarnoma yuboriladi. Biroq ish muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.