Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to'langanligini tasdiqlovchi hujjat;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, kassatsiya shikoyatiga vakilning imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo'lmagan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Arizani (shikoyatni) qaytarish to'g'risidagi, arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga taqdim etish chog'ida unga qo'shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
230-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
(230-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.