Кодекс об административном судопроизводстве

228-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni

(228-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyat (protest) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) yo'llanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; 4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talab predmeti; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto'g'ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro'yxati. Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko'rsatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.