Кодекс об административном судопроизводстве

215-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ishni ko'rish tartibi

(215-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-889-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/889/0978-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi ishni sud majlisida ushbu bobda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instantsiya sudida ko'rish qoidalari bo'yicha ko'radi. Apellyatsiya instantsiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to'g'risidagi; talabning predmetini yoki asosini o'zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to'g'risidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda birinchi instantsiya sudida ishni ko'rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo'llanilmaydi. Bundan ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rish holi mustasno. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o'tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan apellyatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko'rishga to'sqinlik qilmaydi, bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko'zlab qo'zg'atilgan ishlar bo'yicha prokurorning kelmaganligi mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.