Apellyatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati o'tkazib yuborilgan holda berilgan va ushbu muddatni tiklash to'g'risidagi iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, apellyatsiya instantsiyasi sudi hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko'ra to'xtatib turishga haqli.
Hal qiluv qarorining ijrosini to'xtatib turish yoki uning ijrosini to'xtatib turishni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rib chiqish natijalari bo'yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar bo'lgan muddatga to'xtatib turiladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
212-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to'xtatib turish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.