Sud yo'qolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek o'z tashabbusiga ko'ra tiklashi mumkin.
Yo'qolgan sud ishini yuritish to'liq yoki uning sud fikriga ko'ra tiklanishi zarur bo'lgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish to'g'risidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan bo'lsa, tiklanishi shart.
Arizachi yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklash to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish chog'ida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to'lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg'on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
194-modda. Yo'qolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy qoidalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.