Кодекс об административном судопроизводстве

182-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ish bo'yicha sudning hal qiluv qarori

(182-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ish bo'yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalar bo'yicha sud tomonidan qabul qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishni ko'rish natijasi bo'yicha sud arizani qanoatlantirish haqida yoki qanoatlantirishni rad etish to'g'risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak: 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi, hujjatning nomi, raqami va qabul qilingan sanasi; 2) idoraviy normativ-huquqiy hujjat to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilganligi; 3) sud xarajatlarini taqsimlash. Sudning idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ishni ko'rish natijasi bo'yicha qabul qilgan hal qiluv qarori u qabul qilingan paytdan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi. Sud tomonidan to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran qo'llanilmaydi va ular hujjatni qabul qilgan organ tomonidan nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan qonunchilik hujjatiga muvofiqlashtirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.