Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi ariza ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo'lishi kerak.
Arizada quyidagilar ham ko'rsatilishi kerak:
1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning nomi;
2) idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomi, raqami, qabul qilingan sanasi, e'lon qilish manbai va u to'g'risidagi boshqa ma'lumotlar;
3) arizachining fikriga ko'ra, uning ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning ayrim qismlari bilan buzilayotgan huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari;
4) arizachining fikriga ko'ra, idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qismlari nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan qaysi qonunchilik hujjatiga zid bo'lsa, o'sha qonunchilik hujjatining nomi;
5) arizachining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni to'liq yoki qisman haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi talabi.
Arizaga ushbu Kodeksning 130-moddasida ko'rsatilgan hujjatlar, shuningdek nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatning matni ilova qilinadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risida sudga ariza berilganligi nizolashilayotgan hujjatning yoki uning ayrim qoidalarining amal qilishini to'xtatib turmaydi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
180-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi arizaning mazmuni
(180-модда иккинчи қисмининг 4-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.