Кодекс об административном судопроизводстве

177-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohazalar

Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga haqli va u imzolangan kundan e'tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo'l qo'yilgan xatoliklarni yoki undagi ma'lumotlarning to'liq emasligini ko'rsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishi mumkin. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin besh kun ichida sud protsessi ishtirokchilarini chaqirmasdan ko'rib chiqilishi kerak. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan yozma fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko'rib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qo'shilsa, ularni qabul qiladi, qo'shilmagan taqdirda esa ularni rad etadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan yozma fikr-mulohazalar qabul qilinganligi haqida yoki rad etilganligi to'g'risida ajrim chiqariladi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o'tkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko'rib chiqilmaydi va ishga qo'shib qo'yiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma'lum qilinadi. Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. Sud majlisining audio- yoki videoyozuvining ko'chirma nusxalari sud protsessi ishtirokchilariga ishni ko'rib chiqqan sudning ruxsati bilan beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.