Кодекс об административном судопроизводстве

164-modda. Yozuvdagi xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatish

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yozuvda yo'l qo'yilgan xatolarni va arifmetik xatolarni hal qiluv qarorining mazmunini o'zgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bo'yicha tuzatishga haqli. Yozuvdagi yo'l qo'yilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish to'g'risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sud hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud majlisida ko'riladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi. Yozuvdagi yo'l qo'yilgan xatolarni yoki arifmetik xatolarni tuzatish to'g'risidagi ariza u berilgan kundan e'tiboran yigirma kunlik muddatda ko'rib chiqiladi. Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish to'g'risida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Yozuvdagi xatolarni, arifmetik xatolarni tuzatish to'g'risidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.