Hal qiluv qarorini qabul qilish chog'ida sud:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning o'z talablari va e'tirozlarini asoslantirish uchun keltirgan dalillari va e'tirozlariga baho beradi;
2) ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan qaysi holatlar aniqlanganligini va qaysilari aniqlanmaganligini belgilaydi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qaysi qonunchilik hujjatlarini ushbu ish bo'yicha qo'llash mumkin emasligini hal qiladi;
4) ushbu ish bo'yicha qaysi qonunchilik hujjatlarini qo'llash zarurligini aniqlaydi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari borligini belgilaydi;
6) talabni qanoatlantirish lozimligini yoki lozim emasligini hal qiladi.
Zarur bo'lgan hollarda, sud dastlabki himoya choralarini saqlab qolish yoki bekor qilish, hal qiluv qarorining ijrosini ta'minlash, hal qiluv qarorini ijro etishning tartibi va muddati, dalillarning keyingi taqdiri; sud xarajatlarini taqsimlash bilan bog'liq bo'lgan boshqa masalalarni ham hal qiladi.
Sud hal qiluv qarorini qabul qilishda dalillarni qo'shimcha tekshirish yoki ish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, sud muhokamasini yangidan boshlaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo'shimcha tekshirish ehtiyoji bo'lgan holatlar doirasida olib boriladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
156-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish chog'ida hal etiladigan masalalar
(156-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.