Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi.
Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish haqida, qabul qilishni rad etish, qaytarish yoki sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqariladi, ajrimning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgandan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Sudga taalluqliligiga ko'ra fuqarolik ishlari bo'yicha suddan yoki iqtisodiy suddan ariza (shikoyat) yoki ish materiallari kelib tushganda sudya ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 128, 129 va 130-moddalarida ko'rsatilgan talablarga muvofiq emasligini aniqlagach, ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay arizachini kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida xabardor qiladi va unga buning uchun o'n kundan oshmaydigan muddat beradi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
131-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi masalani hal etish tartibi va muddatlari
(131-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.