Кодекс об административном судопроизводстве

126²-modda. Kelishuv bitimining shakli va mazmuni

Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi va uni tuzgan shaxslar tomonidan imzolanadi. Kelishuv bitimi albatta ijro etilishga oid talablarga javob berishi hamda unda majburiyatlarni bajarishning taraflar tomonidan kelishilgan shartlari, tartibi va muddatlari haqidagi qoidalar, shuningdek sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi shartlar va qonunga zid bo'lmagan boshqa shartlar ko'rsatilishi kerak. Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo'yicha qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga (harakatlarga) bog'liq qilib qo'yishi mumkin emas. Kelishuv bitimi sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masalaga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi shart mavjud bo'lmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog'ida, ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi. Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta nusxa ortiq bo'lgan nusxalarda tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo'shib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.