Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi.
Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ma'muriy organlar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud hujjati takroran ijro etilmagan taqdirda, dastlabki solingan jarimaning o'n baravari miqdorida sud jarimasi solinadi.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan miqdorda sud jarimasi solinadi.
Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining va boshqa organlarning, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablag'laridan undiriladi.
Sud jarimalari respublika byudjeti daromadiga undiriladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
122-modda. Sud jarimalarini solish
(122-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан иккинчи, учинчи ва тўртинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.