Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi.
Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni bo'lmagan oyga to'g'ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida tugaydi.
Protsessual muddatning oxirgi kuni ish kuni bo'lmagan kunga to'g'ri kelgan hollarda, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma to'rtgacha bajarilishi mumkin.
Agar ariza (shikoyat) va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega bo'lgan shaxsga protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to'rtga qadar berilgan bo'lsa, muddat o'tkazib yuborilgan deb hisoblanmaydi.
Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak bo'lsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoxud tegishli operatsiyalar tugatilgan soatda tugaydi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административном судопроизводстве
117-modda. Protsessual muddatlarning tugashi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.