Ma'muriy javobgarlik kodeksi

92¹-modda. Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash

(92¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 январдаги ЎРҚ-1019-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.01.2025 й., 03/25/1019/0041-сон)

Yarim erkin sharoitlarda, sun'iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog'lig'iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo'lmasa, — ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.