Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to'kish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo'lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo'lgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
91¹-modda. Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to'kish
(91¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Bu modda belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlashni taqiqlab, jarima belgilaydi. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilar, qurilish chiqindilari faqat maxsus poligonlarga tashlash kerak. Agar qoida buzilsa, pul jarima to'lanadi.
**Kimga tegishli**
Oddiy fuqarolar va mansabdor shaxslar (direktor, rahbar) uchun turli miqdorda jarima belgilangan.
**Amalda**
Agar kimdir o'z uyining yoniga qurilish chiqindisini tashlasa, birinchi marta 3-5 baravar jarima to'laydi. Agar bir yil ichida yana tashlasa, jarima 10-15 baravariga ko'payadi. Poligonga tashlashi kerak bo'lgan chiqindilarni boshqa joyga tashlasa, jarima yanada katta bo'ladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.