Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish, —
huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
90¹-modda. Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish
(90¹-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Ov va baliq ovlashda qonun taqiqlagan qurollar (masalan, dinamit, elektr qurollari, zaharli moddalar) bilan ishlash taqiqlanadi. Ushbu qurollarni tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish, sotish yoki boshqalarga berish qonun buzarlikdir. Agar bu xatti-harakatni takror qilsa, jarima yanada katta bo'ladi.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha fuqarolarga va davlat xodimlariga tegishli.
Amalda
Odam baliq ovlash uchun dinamit sotib olib, do'stiga berdi. Birinchi marta ushbu xatti-harakatiga jarima solindi. Agar u bir yil ichida yana shunday qilsa, jarima ikki baravari ko'payadi va qurol musodara qilinadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.