Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
O'zbekiston Respublikasining bayrog'i ostidagi yoki O'zbekiston Respublikasining portida ro'yxatga olingan va O'zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochiq havo yoki suv bo'shlig'ida bo'lgan kemada ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ushbu Kodeksga muvofiq ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, agar ular chet davlat hududida huquqbuzarlik sodir etgan va ushbu Kodeksning 47⁶-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganligi uchun o'sha davlatning qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilmagan bo'lsa, ushbu Kodeksga muvofiq ma'muriy javobgarlikka tortiladi.
Ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya'ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma'muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo'lmaydi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar huquqbuzarlik to'g'risidagi ish ko'rilayotgan vaqt va joyda amal qilib turgan qonunchilik asosida yuritiladi.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hududda valyuta qimmatliklari, bojxona, soliq, qimmatli qog'ozlar bozori, raqobat hamda kripto-aktivlar aylanmasi to'g'risidagi qonunchilikni, shuningdek savdo yoki xizmat ko'rsatish qoidalarini buzish bilan bog'liq qilmishlar uchun ma'muriy javobgarlik o'rniga O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq boshqa turdagi javobgarlik choralari qo'llanilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
9-modda. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunchilikning amal qilishi
(9-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.