Ma'muriy javobgarlik kodeksi

85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish

(85-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yo'l qo'yiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yo'l qo'yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatish; maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonunchilikka muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta'sir ko'rsatish, xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab bo'luvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini to'liq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.