O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o'simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo'lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po'stlog'i, barglari, g'unchalari, gullari, urug'lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o'zboshimchalik bilan yig'ish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o'ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
81-modda. Qizil kitobga kiritilgan o'simliklarni yig'ish
(81-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.