Ma'muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan boshqacha tarzda ta'sir ko'rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib boriladi.
Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma'muriy ta'sir ko'rsatish choralarini o'z vakolatlari doirasida qo'llaydilar.
Ma'muriy huquqbuzarlik uchun ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llanish chog'ida qonunchilik talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi bilan ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
8-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik uchun ta'sir ko'rsatish choralarini qo'llanish vaqtida qonuniylikni ta'minlash
(8-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.