Ma'muriy javobgarlik kodeksi

77-modda. O'rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish

(77-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 25 мартдаги ЎРҚ-1124-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.03.2026 й., 03/26/1124/0277-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 28 июнь)

O'rmon fondi yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, o'zboshimchalik bilan pichan o'rish, drenaj tizimlarini va yo'llarni yo'q qilish yoki shikastlantirish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. O'rmon fondi yerlarida chorva mollarini o'tlatish qoidalarini buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.