Yerlardan xo'jasizlarcha foydalanish, ob'yektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo'q bo'lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq xo'jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida va muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektargacha maydonga ega yer uchastkasida sug'oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida sug'oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta'minlash bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Qishloq xo'jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
65-modda. Yerlardan xo'jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish
(65-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 апрелдаги ЎРҚ-1128-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.04.2026 й., 03/26/1128/0349-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 14 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.