Moddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko'chmas mulk ob'yektlarining qo'riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o'zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko'ra Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo'riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros ob'yektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa ob'yektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o'n besh sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
64-modda. Moddiy madaniy meros ob'yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish
(64-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.