Ma'rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish bo'yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo'lmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan o'n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
59⁴-modda. Ma'rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish
(59⁴-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 ноябрдаги ЎРҚ-990-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.11.2024 й., 03/24/990/0892-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 февраль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.