Ma'muriy javobgarlik kodeksi

59³-modda. Psixologik yordam ko'rsatish tartibini buzish

(59³-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 5 ноябрдаги ЎРҚ-989-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.11.2024 й., 03/24/989/0890-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 февраль)

Psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo'lmagan shaxs tomonidan ko'rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko'rsatish to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo'lmasa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o'n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n baravaridan o'n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo'lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o'n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.