Moddiy yordamga muhtoj bo'lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash, ya'ni ularni moddiy jihatdan ta'minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga binoan undirilishi lozim bo'lgan mablag'ni jami bo'lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to'lamaslik, —
o'n besh sutka muddatga ma'muriy qamoqqa olishga yoki bir yuz yigirma soatgacha haq to'lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etishga yoxud ushbu Kodeksga muvofiq ma'muriy jazolarning mazkur turlari qo'llanilishi mumkin bo'lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rish jarayonida aliment majburiyatlari bo'yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to'lagan bo'lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
47⁴-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash
(47⁴-модда биринчи қисмининг санкцияси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.