Ma'muriy javobgarlik kodeksi

47²-modda. Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish

(47²-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat), farzandlikka berishda, ularga vasiylik (homiylik) belgilashda yoxud ularni yetim bolalar yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun tayinlangan tegishli davlat muassasasiga joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.