Ma'muriy javobgarlik kodeksi

4-modda. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunchilik sohasida O'zbekiston Respublikasining vakolatlari

(4-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunchilik sohasida quyidagilar O'zbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi: ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunchilikning printsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish; ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladigan harakat yoki harakatsizlikni, ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash; ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog'iston Respublikasining vakolatlarini belgilash; viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari ma'muriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin bo'lgan masalalar doirasini belgilash.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.