Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ushbu Kodeks va O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilangan tartibda ijro etiladi.
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ijro hujjati hisoblanadi.
Mulkiy zarar huquqbuzar tomonidan unga qaror topshirilgan kundan boshlab o'n besh kundan kechiktirmay to'lanishi lozim (ushbu Kodeksning 311-moddasi), bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi ma'lum qilingan kundan boshlab o'n besh kundan kechiktirmay qoplanishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
347-modda. Qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismini ijro etish tartibi va muddatlari
(347-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.