Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish to'g'risidagi qarorni ijro etish mazkur shaxslar qaysi chet davlat hududiga chiqarib yuborilayotgan bo'lsa, o'sha chet davlatning hokimiyat vakiliga ularni rasmiy ravishda topshirish yoxud chiqarib yuborilayotgan shaxsning O'zbekiston Respublikasi hududidan nazorat ostida mustaqil ravishda chiqib ketishi yo'li bilan amalga oshiriladi.
Agar chiqarib yuborilayotgan shaxsni chet davlat vakiliga topshirish O'zbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilmagan bo'lsa, chiqarib yuborish O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo'shinlari tomonidan belgilanadigan joyda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsni O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o'tkazish punktidan chiqarib yuborish to'g'risida mazkur shaxs qaysi chet davlat hududiga (hududi orqali) chiqarib yuborilayotgan bo'lsa, o'sha chet davlatning hokimiyat vakillari, agar O'zbekiston Respublikasining ushbu davlat bilan tuzilgan shartnomasida nazarda tutilgan bo'lsa, xabardor qilinadi.
Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni ma'muriy tarzda chiqarib yuborish to'g'risidagi qarorni ijro etish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
346²-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekiston Respublikasi hududidan ma'muriy tarzda chiqarib yuborish to'g'risidagi qarorni ijro etish
(346²-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 10 октябрдаги ЎРҚ-974-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 10.10.2024 й., 03/24/974/0804-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.