Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror ushbu Kodeksning 248-moddasida ko'rsatib o'tilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
Kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror ushbu Kodeks 249¹-moddasining beshinchi qismida ko'rsatib o'tilgan O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
Kema haydovchilarini kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror ushbu Kodeks 254¹-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatib o'tilgan O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspektsiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ov qilish huquqidan mahrum etish to'g'risidagi qaror ushbu Kodeksning 261-moddasi ikkinchi qismida aytib o'tilgan ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
340-modda. Maxsus huquqdan mahrum etish to'g'risidagi qarorni ijro etuvchi organlar
(340-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 мартдаги ЎРҚ-1121-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2026 й., 03/26/1121/0222-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 13 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.