Ushbu Kodeksning 125-moddasi uchinchi va beshinchi qismlarida, 126-moddasida, 127-moddasi birinchi qismida, 128³-moddalarida, 128⁴-moddasi ikkinchi qismida, 128⁵, 128⁶, 128⁸, 128⁹, 129, 130-moddalarida, 137-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uchun transport vositasining haydovchisiga nisbatan mazkur moddalarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uchun hisoblanadigan jarima balining eng yuqori miqdori ikki balldan oshmasligi kerak.
Jarima ballari ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan biri birinchi marta sodir etilgan kundan e'tiboran bir yil davomida hisoblab boriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun hisoblangan jarima ballari bir yil o'tgach transport vositasining haydovchisidan avtomatlashtirilgan tarzda yechiladi.
Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida o'n ikki balldan oshgan hollarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksning 24 va 28-moddalariga muvofiq qo'shimcha jazo tariqasida haydovchi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati olti oydan kam bo'lmasligi kerak.
Yo'l harakati qoidabuzarliklari bo'yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma'muriy jazo jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudi tomonidan qo'llaniladi.
Transport vositasining haydovchisiga nisbatan yo'l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnКодекс об административной ответственности
34¹-modda. Yo'l harakati qoidabuzarliklari bo'yicha hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oshganligi uchun ma'muriy jazo qo'llanilishi
(34¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 февралдаги ЎРҚ-1033-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.02.2025 й., 03/25/1033/0164-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Yo'l harakati qoidalarini buzgan haydovchi jarima ballari to'plasa, ular bir yil ichida hisoblanadi. Agar bir yilda 12 balldan ortiq to'planib qolsa, haydovchiga qo'shimcha jazo sifatida mashinani boshqarish huquqi 6 oydan kam bo'lmagan vaqt uchun olib qo'yiladi. Juda ko'p ball to'planganida sud mahkamasi qo'shimcha jazo qo'llaydi.
**Kimga tegishli**
Bu qoida transport vositasining haydovchilariga tegishli.
**Amalda**
Haydovchi uch oy ichida to'rt marta yo'l qoidasini buzdi va 14 ball to'pladi. Bir yil o'tmaganda 12 balldan oshgani uchun uning haydovchilik guvohnomasi 6 oyga olib qo'yiladi va sud mahkamasi qo'shimcha jazo qo'llaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.