Huquqbuzar jarimani ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddat ichida to'lamagan taqdirda, jarima solish to'g'risidagi qaror sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risidagi qonunchilikda belgilab qo'yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.
Basharti jarima solingan shaxs ishlamayotgan bo'lsa yoxud jarimani huquqbuzarning ish haqi yoki boshqa daromadidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan boshqa sabablarga ko'ra undirib olishning iloji bo'lmasa, uni undirib olish davlat ijrochisi tomonidan jarima solish to'g'risida tegishli organ (mansabdor shaxs) chiqargan qaror asosida huquqbuzarning mulkidan, shuningdek umumiy mulkdagi uning hissasidan undirib olish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Jarima O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijro hujjatlari bo'yicha undirib olinishi mumkin bo'lmagan mol-mulkdan undirib olinishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matnMa'muriy javobgarlik kodeksi
333-modda. Jarima solish to'g'risidagi qarorni majburiy ijro etish
(333-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.