Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324⁴⁵-modda. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rish to'g'risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish

Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qo'yilayotgan talablarga rioya etilgan holda berilgan ariza tegishli sudning ish yurituviga qabul qilinadi. Arizani sudning ish yurituviga qabul qilish to'g'risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi. Arizani ish yuritishga qabul qilish to'g'risida sud qaror chiqaradi. Qarorning ko'chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 324¹¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.