Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324³⁹-modda. Ishni taftish tartibida ko'ruvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining qarori

Ishni taftish tartibida ko'ruvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining qarorida quyidagilar ko'rsatilishi kerak: 1) sud ishining raqami, qaror chiqarilgan sana va joy; 2) sudning nomi va tarkibi, ishni ko'rishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar; 3) taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) taftish tartibida shikoyat (protest) berilgan qarorning qaror qismi mazmuni; 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (protestning), ishni taftish tartibida ko'rishda ishtirok etayotgan shaxslar e'tirozlarining va tushuntirishlarining mazmuni, shuningdek prokurorning fikri; 6) taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) bo'yicha ishni ko'ruvchi sudning qarori. Taftish tartibida berilgan shikoyat (protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning qarorida birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instantsiyasi sudining qarori qonuniy, asosli va adolatli deb topilganligining, shikoyat (protest) qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari ko'rsatilishi kerak. Qaror bekor qilingan yoki o'zgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning qarorida qonunning qaysi normalari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki o'zgartirilayotgan qarorning asossizligi va adolatsizligi nimadan iborat ekanligi vajlari ko'rsatilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining qarori sudya tomonidan imzolanadi. Ishni taftish tartibida ko'ruvchi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining qarori sud majlisi zalida o'qib eshittiriladi va chiqarilgan kundan e'tiboran qonuniy kuchga kiradi. Ishni taftish tartibida ko'rib chiqish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan chiqarilgan qaror uzil-kesildir. Ishni taftish tartibida ko'ruvchi sudning qarori uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e'tiboran uch sutkadan kechiktirmay ish bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.