Кодекс об административной ответственности

324³⁶-modda. Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining sud majlisida taftish tartibida ko'rishda taraflarning ishtirok etishi

Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'atining sud majlisida taftish tartibida ko'rishda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha o'ziga nisbatan sud qarori chiqarilgan shaxs, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat va ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzgan organ ishtirok etishga haqli. Ushbu shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferentsaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin. Prokuror tomonidan taftish tartibida protest kiritilgan ishlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o'rinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror ishtirok etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Ma’muriy jarima qarori ustidan shikoyatQaror nusxasini olgan kundan 10 kun ichida beriladi. Shablon organ, qaror raqami, asoslar va dalillarni so‘raydi, moddalarni o‘zi qo‘shadi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.