Ma'muriy javobgarlik kodeksi

324²⁹-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish

Sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs uni qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan protestni qaytarib olish huquqi protest keltirgan prokurorga, shuningdek yuqori turuvchi prokurorga tegishlidir. O'ziga nisbatan sudning ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish bo'yicha qarori chiqarilgan shaxs o'z advokatining taftish tartibida berilgan shikoyatini qaytarib olishga haqli. Ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxsning advokati, qonuniy vakili o'zining taftish tartibida berilgan shikoyatini faqat ma'muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olishga taftish instantsiyasi sudi alohida xonaga kirguniga qadar yo'l qo'yiladi. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (protestni) qaytarib olish to'g'risidagi hujjat ishda qoldiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.